“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi: (ID: 2076)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги |
Loyihaning to'liq nomi | “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi |
Loyihaning qisqa nomi | Texnik tartibga solish axborot tizimi. |
Loyihaning qisqacha tavsifi | Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, mahsulotlarni davlat ro‘yxatiga olish, muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalari tomonidan sinov bayonnomalari, muvofiqlik sertifikati va deklaratsiyani rasmiylashtirish, metrologiya xizmatlari elektron xizmatlar uchun arizalar standartlar internet do’koni orqali standartlarni xarid qilish va boshqa jarayonlarini to’liq elektron ko’rinishda amalga oshirilishini ta’minlaydi; |
Loyiha turi | Axborot tizimi |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Ha |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Ha |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: 100174, Toshkent shahri Farobiy ko‘chasi, 333 «A» |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: Usmanov Fuzuliddin Zaynutdinovich Telefon raqami: +998974647778 Email: usmanov@standart.uz FISH: Abdukarimov Dilshod Davron o‘g‘li Telefon raqami: +998946743415 Email: d.abdukarimov@standart.uz |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–91-son qarori Normativ-huquqiy asos raqami: PQ-91, 28.02.2024 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: standartlashtirish, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya va metrologiya sohalarida mavjud axborot tizimlarini yagona platformaga birlashtirish va umumiy raqamli nazoratni amalga oshirish; yangi qabul qilinayotgan standartlarni dasturiy qayta ishlanishini ta’minlovchi (mashinada o‘qiladigan format) ko‘rinishiga o‘tkazish; barcha texnik qo‘mitalar faoliyatini raqamlashtirish, nazorat qilish, ularning uni reytingini yuritish, yangi qabul qilinayotgan standartlar va texnik reglamentlarni muhokama qilish hamda qabul qilish jarayonlarini raqamlashtirish; jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini baholash, taklif va shikoyatlar hamda korrupsiya holatlar bo‘yicha axborot berish imkoniyatini yaratish; masofaviy xavfni tahlil qilish hamda tegishli qaror qabul qilish jarayonlarini amalga oshirish; muvofiqlikni baholash organlari, sinov laboratoriyalar va ularda faoliyat yurituvchi xodimlarning reytingini yuritish; texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni “24/7” vaqt rejimida olib borish hamda hisobotlarni shakllantirish; standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyalash yo‘nalishlaridagi barcha davlat reestrlarini o‘zida jamlash hamda ularning foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash; davlat nazoratini to‘liq va samarali olib borish, jumladan sinovlarning to‘liq hamda amaldagi texnik reglament va standartlarga muvofiq amalga oshirilganligi, sinov uskunalarining metrologik xulosalari mavjudligini nazorat qilish imkoniyatini yaratish; to‘lovlarni onlayn amalga oshirish va nazorat qilish maqsadida Elektron hukumatning Yagona billing tizimi bilan integratsiya qilish. Vazifalar: Mahsulotlar muvofiqligini baholash sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar 100% to‘liq raqamlashtirish, avtomatlashtirish va ushbu jarayonda inson omilini kamaytirish. Elektron shaklda muvofiqlikni baholash organlariga ariza yuborish, sertifikatlarni raqamlashtirish, sinov bayonnomalarini elektron shakillantirish, qog‘oz sarflanishini 100%ga qisqartirish, vaqtni tejash, shaffoflikni taʼminlash, ish jarayonlarini yanada optimallashtirish; Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablarni, mahsulotlarni qo‘yiladigan xalqaro talablar va ularda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan sinov yo‘nalishlari to‘g‘risida jamlangan ma’lumot olish, mahsulotlarni qadoqlash, saqlash va tashishga belgilangan qoidalar va normalar to‘g‘risida ma’lumotlar olish, sinov laboratoriyalarini va ularda o‘tkaziladigan sinov turlarini erkin tanlash imkonini bergan holda eng maqbul takliflarni avtomatik shakllantirish, laboratoriya xizmatlariga buyurtma berish; Idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda muvofiqlikni baholash bilan bog‘liq tartib-taomillarni avtomatlashtirish, laboratoriya sinovlari natijalari (bayonlari) va boshqa axborotlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish. Bunda muvofiqlikni baholashga oid hujjatlarni olish va taqdim etish faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Elektron shaklda sinov laboratoriyalariga ariza yuborish, Sinov bayonnomalarini elektron shakillantirish, qog‘oz sarflanishini qisqartirish, vaqtni tejash, shaffoflikni ta’minlash, ish jarayonlarini Raqamlashtirishdan iborat. texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama yordam ko‘rsatish jarayonlarini yanada soddalashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish; tizim tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama yordam ko‘rsatishda yagona yondashuvni ta’minlash; tezkor hisobotlarni taqdim etish shakllari va topshiriqlarning bajarilishini statistik tahlil qilish shakllari tarkibini aniqlash; davlat boshqaruvi organlariga tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish; foydalanuvchi identifikatsiyasi va avtorizatsiyasini ta’minlash va tizimlar, vositalar va axborot resurslariga kirish vaqtida kirish darajasini taqsimlash; amaldagi talablar doirasida boshqa xizmatlar, tashkilotlar va boshqaruv organlari axborot tizimlari bilan kerakli ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish; ma’lumotlar arxivini shakllantirish hamda ma’lumotlar va tizim ob’ektlari bo‘yicha harakatlarni hisobini yuritish va ro‘yxatga olish axborot tizimining tizimli jurnalini joriy etish. Eksport va import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlariga aktual ma’lumotlarni bepul taqdim etish imkoniyat yaratish va ma'lumotlarni elektron taqdim etish; eksport va import qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlariga xalqaro talablarni o‘rganish imkoniyatini yaratish va ma'lumotlarni elektron taqdim etish; |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 01.03.2024 Yakunlash vaqti: 01.01.2025 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish Agentligi |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. 1.Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlarni akkreditatsiya qilish. 2.Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash. 3.O‘lchash vositalarini davlat sinovidan o‘tkazish. 4.O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish. 5. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish. 6. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish. 7. O‘lchash vositalarini kalibrlashdan o‘tkazish. 8. O‘lchash vositalari, sinov vositalari, standart namunalar va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik tekshiruvi natijalarini e’tirof etish. 9. O‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish. 10. Muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish. 11. Transport ekspeditorlik faoliyati sohasidagi sertifikatsiyalash. 12. Mahsulotlarni muvofiqligini baholash. 13. Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish xizmati. 14. Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish. 15. Transport vositasi turini tasdiqlash. 16. Transport vositalariga “VIN” kodini berish. 17. Me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, aktuallashtirish va aniqlash. 18. Me’yoriy hujjatlarni yillik ko‘rsatkichlari. 19. Normativ hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish. 20. Normativ hujjatlarni davlat ro‘yxatiga olish. 21. Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda o‘lchash jihozlari bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida xulosa berish. |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. 1. Akkreditatsiya 2. Standartlashtirish 3. Sertifikatlashtirish 4. Laborotoriya 5.Metrologiya 6.Davlat nazorati. 7.Statistika va monitoring |
Axborot tizimlari | 1. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish” markazining idoralararo integratsiya platformasi 2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlari. |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registridan foydalaniladi |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Ha |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–91-son qarori |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Rejaga muvofiq axborot tizimining texnik topshiriq loyihasini "Kiberxavfsizlik markazi" DUK ekspertizasidan oʼtkaziladi |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Manzil: 100174, Toshkent shahri Farobiy ko‘chasi, 333 «A» Turi: Shaxsiy server Turi: Shaxsiy server |
Server quvvati | Protsessor: 32 CPUs x Intel(R) Xeon (R) CPU E5-2697A v4 @ 2.60 GHz Operativ Xotira (RAM): 320 GB Xotira (PZU): 2 TB Yadro: 32 Oqimlar: 64 |
Operatsion tizim | 1. CENTOS |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. Oracle 7 |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими 2. Мижозлар билан ўзаро ҳамкорликни бошқариш тизими (CRM) |
Himoya vositalari | 1. Рақамли видеокузатув тизими 2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими 3. Техник алоқа каналлари орқали маълумотларни чиқиб кетишишидан ҳимоялаш тизими 4. Экранлаштирилган кабел 5. Антивирусная программа 6. VPN 7. Тармоқлараро экран |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. UPS 10000 mhz |
“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 2076
Yaratilgan sana: 09.04.2024, 17:25
Tashkilot: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : Usmanov Fuzuliddin Zaynutdinovich
Telefon raqami: +998974647778
Email: usmanov@standart.uz
FISH : Abdukarimov Dilshod Davron o‘g‘li
Telefon raqami: +998946743415
Email: d.abdukarimov@standart.uz