Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, kelishish, muhokama qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yagona elektron portal : (ID: 1741)

I.  Umumiy ma'lumotlar

  TashkilotЎзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги
  Loyihaning to'liq nomi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, kelishish, muhokama qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yagona elektron portal
  Loyihaning qisqa nomi project.gov.uz
  Loyihaning qisqacha tavsifi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, kelishish, muhokama qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari avtomatlashtirilgan axborot tizimi. Shuningdek, Oldindan rejalashtirish va TSTB kalendar rejasini ishlab chiqish va kelishish moduli ham ushbu tizim tarkibiy moduli hisoblanadi.
  Loyiha turi Axborot tizimi
  Idoralararo axborot tizimi / resurs Ha
  Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi Ha
  Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan Yo'q
Tashkilotning yuridik manzili

Manzil1:   Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar

FISH: Salimov Sardor Baxtiyor o'g'li

Telefon raqami: 998712070457

Email: s.salimov@adliya.uz

Yaratish, takomillashtirish uchun asos

Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5505-son Farmoni 8-bandi

Normativ-huquqiy asos raqami: 5505,   08.08.2018

Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi

Maqsadlar: Ishlab chiqiladigan yagona elektron axborot portalining maqsadi quyidagilardan iborat: - qonunchilik tashabbusiga ega barcha davlat organlari va tashkilotlarini to'liq tizim orqali normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, muhokam qilish va imzolash jarayonlarida ishtirokini ta'minlash; - aholining barcha qatlami uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarga erkin va qulay kirishini hamda ochiqlikni ta'minlash va bu orqali aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish hamda huquqiy faolligini oshirish; - yagona elektron portalda joylashtirilgan axborot hajmining (yiliga 5 mingtagacha) va yagona elektron portaldan foydalanuvchilar sonining kutilayotgan o‘sishini hisobga olgan holda, yagona elektron portalni samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash, yagona elektron portalning unumdorligi va barqarorligini oshirish (kuniga 100 mingtagacha foydalanuvchilar tashrifi); - jarayonlarni avtomatlashtirish orqali mehnat hajmining qisqarishiga erishish, shuningdek, jarayonlarga talab etiladigan vaqtni qisqartirish; - byurokratik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali qog'oz sarfini kamaytirish; - tizim foydalanuvchilari uchun tahliliy va statistik ma'lumotlarni qulay usulda taqdim etish.

Vazifalar: Yagona elektron portalning vazifalari: - normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish, muhokamadan o'tkazish, tasdiqlash, imzolash hamda davlat ro'yxatidan o'tkazish; - normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga joylashtirish tartibiga taalluqli voqealarni o‘z vaqtida va to‘liq holda yagona elektron portalda aks ettirish; - O‘zbekiston Respublikasida qonun ijodkorligi jarayonining dastlabki bosqichida tartibga solish taʼsirini baholash tartibini amalga oshirish; - tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan qoidalarni aniqlash maqsadida mavjud normativ hujjatlarni ekspertiza doirasida muhokama qilish imkoniyatini yaratish; - foydalanuvchilarning barcha toifalari tomonidan yagona elektron portaldan foydalanishning umumiy qulayligini taʼminlash; - normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiquvchilar bilan manfaatdor tomonlarning keng doirasi “mulohazalarini” taʼminlash. Bunda, loyiha matnini bandma-band shakllantirish orqali takliflar berishni monitoring qilish va takliflar ma'lumotnomasini avtomatik shakllantirish; - tartibga solish taʼsirini baholash va turli ishlab chiquvchilarning amaldagi meʼyoriy hujjatlarini o‘rganish tartiblarini bir joyga jamlash, bu amaliyotlarni bajarish uchun yagona standartni taʼminlash; - muhokamaning barcha ishtirokchilari uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarga erkin va qulay kirishini taʼminlash; - xizmatlar sifatini oshirish va yagona elektron portalda axborotni shakllantirish va uni izlash imkoniyatlarini yana-da yaxshilash; - yagona elektron portalning funksional, axborot va vizual xususiyatlarini yaxshilash, dizaynini yangilash; - normativ tusdagi hujjatlarni ishlab chiqishda barcha jarayonlarni “bir kabinet” doirasida amalga oshirish imkoniyatini yaratish; - tartibga solish ta'sirini baholash kalendar rejasi loyihasini ishlab chiqish, kelishish, muhokama qilish hamda tasdiqlash.

Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati

Boshlanish vaqti: 01.02.2023

Yakunlash vaqti: 01.05.2024

II  Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar

  Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi Adliya organlari va muassasalarida AKTni rivojlantirish markazi" DM"
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati

1mavjud emas

Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari

1TSTB kalendar rejasini ishlab chiqish moduli

2Lingvistika moduli

3Ochiq platforma moduli

4Muhokama moduli

5NHH loyihalarini ishlab chiqish va kelishish moduli

6Oldindan rejalashtirish moduli

Axborot tizimlari

1"Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DMning "Yagona identifikatsiya tizimi" (OneID)

2Soliq qo'mitasining "O'zbekiston Respublikasi foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi" (ERI)

3Adliya vazirligining "O'zbekiston Respublikas Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi" (lex.uz) axborot tizimi

Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar

1O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori

Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator

1ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами

III  Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar

  Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi Yo'q
Axborot tizimini ishlab chiquvchi

Yaratuvchi nomi: Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги

Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: AT loyiha-texnik hujjatlari ishlab chiqish jarayonida (O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan "Raqamlashtirish boshqarmasining 2023-yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) mo‘ljallangan ish rejasi"ning 8-bandi)

  «Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi AT ishlab chiqilgandan so'ng ekspertizadan o'tkaziladi

IV  Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar

Server uskunalarini joylashtirish

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy

Turi:   Shaxsiy server

Server quvvati

Protsessor: 8

Operativ Xotira (RAM): 256 GB

Xotira (PZU): 2.048 TB

Yadro: 32

Oqimlar: 64

Operatsion tizim

1. UBUNTU

Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi

1. PostgreSQL 13.1

Amaliy dasturiy ta'minot nomi

1. Эксперт тизимлари

2. Автоматлаштирилган лойиҳалар тизими

3. Контентларни (ташкил этувчиларни) бошқариш тизими (CMS)

Himoya vositalari

1. Рақамли видеокузатув тизими

2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими

3. Техник алоқа каналлари орқали маълумотларни чиқиб кетишишидан ҳимоялаш тизими

4. Экранлаштирилган кабел

5. Алоқа каналларида юқори частотали фильтрлар

6. Экранлаштирилган хона

Uzluksiz quvvat tizimi

1. APC Galaxy 5000 40 kVA

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, kelishish, muhokama qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yagona elektron portal

Ma'lumotnoma

Ro'yxatga olingan raqami: 1741

Yaratilgan sana: 29.05.2023, 11:47

Tashkilot:  Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:

FISH : Salimov Sardor Baxtiyor o'g'li

Telefon raqami: 998712070457

Email: s.salimov@adliya.uz

Reyting:
0 (0)

Loyiha tuzilmasi